Yamal Bellingemga uning gaplari bilan javob qaytardi
Lamin Yamal o'tgan kuzdagi "El-klasiko" oldidan bir nechta shov-shuvli bayonotlar bilan chiqqandi.
O'sha bahsda "Real Madrid" "Barselona"ni 2:1 hisobida mag'lub etgan, Yamal esa omad siz o'yin o'tkazgandi.
Uchrashuvdan keyin Jud Bellingem ijtimoiy tarmoqda: "So'zlar hech narsani anglatmaydi", — deb yozgan va bu orqali Yamanning o'yin oldidan aytgan gaplariga ishora qilgandi.
Ikkinchi davrada esa "Barselona" "Real"ni 2:0 hisobida mag'lub etib, Ispaniya chempioniga aylandi.
Lamin Yamal jarohati sabab o'ynamagan bo'lsa-da, jamoa bilan birga bo'lgan. Uchrashuvdan keyingi kuni u "Barselona"ning ikkinchi golidan keyingi xursandchilik aks etgan videoni joyladi.
Shu bilan birga, Yamal ham Bellingemning gapini takrorlab: "So'zlar hech narsani anglatmaydi", — deb yozdi va postiga ko'z yoshli emojilarni qo'shdi.

Fikrlar