Yamal fonida ko‘rinmay qolayotgan Niko

  • 1 iyul, 2024, 04:19
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasida ajoyib tandem hosil bo‘lgan. Niko Uilyams va Lamin Yamal yaxshi do‘st, yoki aka-ukadir. Ularni maydonda bir-biri bilan kombinatsiyalar orqali raqib jarima maydonchasiga kirib borishini deyarli ko‘rmaysiz, lekin ikkisi ham Ispaniyaning ikki qanotini etarlicha "yondirishmoqda". Ayniqsa, bu "Evro-2024"da terma jamoalar uchun etarlicha muammo bo‘lyapti. Italiya va Xorvatiya, ana endi esa Gruziya buni ta’mini tatib ko‘rdi va turnirdan uchala jamoa ham chiqib ketishgan. 

Niko 2002 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Inaki Uilyamsni ukasi hisoblanadi. Unda ham akasiga singari Gana terma jamoasini tanlash imkoni bor edi, lekin "Atletik" vingeri "qizil furiya" uchun maydonga tushishni istadi. Ushbu turnirgacha Uilyams asosiy tarkib futbolchisi sanalmas edi. Qatardagi JChda Luis Enrike Dani Olmodan ushbu pozitsiyada o‘ynashni so‘radi. Shu bilan birga, Mikel Oyarsabal ham bor. Ammo De la Fuente Nikoga ishonch bildirishdan qo‘rqqani yo‘q. U Evroning birinchi turidanoq boshlang‘ich tarkibga kiritildi. 

Spain vs Georgia result: La Roja pass a new test in familiar style to make Euro  2024 statement | The Independent

21 yoshli vinger Gruziyaga qarshi uchrashuvda juda muhim golni urgan Rodriga assistentlik qildi. So‘nggi daqiqalarda esa ajoyib reyd uyushtirib, o‘yinga nuqtani qo‘ydi. Qo‘shimcha qilib ketish kerak, ushbu bahsda uning paslari aniqligi 100 foizga teng bo‘ldi va 4 ta xavfli vaziyat yarata oldi. Evroda 1980 yildan beri bunday natijani hech kim uddalay olmayotgandi, deya xabar berdi "Opta" nashri.

Garchi Niko uchun e’tibor etarlicha bo‘lsa ham, matbuotda undan ko‘proq Lamin gapiriladi va muhokama qilinadi. Bunga asosiy sabab albatta Yamalning yoshi. U hali 17ga ham kirmagan. Maktabni yaqindagina biritgan bolakay Evroda o‘zidan 10 yosh kattalardan ko‘rdim, demay o‘tib ketayotgani, o‘z jamoadoshlariga 2 ta assist berib, bu borada birinchi o‘ringa chiqib olgani aqlga sig‘maydigan ishlar. Ammo Uilyams ham Ispaniya uchun etarlicha foydali ishlar qilmoqda. vinger Italiyaga qarshi o‘yindagi yagona golning ham yaratuvchisi hisoblanadi. 

Image

Uilyamsning narxi kundan kunga oshib bormoqda. Lamin uni o‘z klubi "Barselona"da ko‘rishni istayotganini aytgandi, lekin bu oson bo‘lmaydi. Ayniqsa, "Atletik" kundan kunga narxni oshirayotgan bir paytda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Рахмонов шерзод
01/07/2024 12:18
Niko 2022-yil tug'gan bo'sa 2 yoshda ekanda iltmos maktabda o'qganlar yozsin buni butun xalq o'qydi