
Yamal instagram sahifasida Bellingem va Ramosga murojaat qildi
Bir necha kun avval Bastoni o‘zining instagram sahifasida Lamin Yamal orqa fonda turgan suratni joylashtirgandi. Ushbu postga "Real" futbolchilari Jud Bellingem hamda Serxio Ramos layk bosgan. Eng qizig‘i, ular Bastoniga obuna bo‘lmagan va bungacha uning hech qaysi postiga layk bosishmagan.
Lamin Yamal "El-klasiko"dan so‘ng o‘zining instagram sahifasiga post joylab, uning izohiga: bunga ham layk bosishni unutma, deya yozib qoldirdi.
2 kun avval bo‘lib o‘tgan "el-klasiko"da "Barselona" 4:3 hisobida "Real"dan ustun keldi. Lamin Yamal mazkur bahsda gol urdi va o‘yindagi eng yaxshilardan biri bo‘ldi.
Fikrlar