Yamal otasidan Messi uni cho‘mildirayotgan suratini tarqatmaslikni so‘ragan
Lamin Yamal nega otasidan Lionel Messi bilan tushgan mashhur suratni jamoatchilikka chiqarmaslikni so‘ragani haqida gapirib berdi.
Ushbu kadr 2007 yilda o‘tkazilgan xayriya fotosessiyasida olingan. Suratda Lionel Messi bir necha oylik chaqaloq Lamin Yamalarni cho‘miltirayotgani aks etgan.
Oradan yillar o‘tib, 2026 yildagi jahon chempionati finalida Lamin Yamal to‘p surgan Ispaniya terma jamoasi aynan Messi yetakchilik qilgan Argentina jamoasini mag‘lub etdi.
«O‘yin tugagach, unga: “Futbol uchun qilgan barcha ishlaring uchun rahmat”, – dedim. Men buni chiroyli kadr uchun qilganim yo‘q, bu so‘zlarim chin dildan aytilgan edi», – deydi Yamal.
U shuningdek, nega otasi mashhur suratni uzoq vaqt davomida ommaga chiqarmagani sababini ham ochiqlandi.
«Chunki men unga bu rasmni joylashtirmaslikni aytganman. Bir kuni u uni “Facebook”ka qo‘ydi, men esa o‘chirib tashlashini so‘radim.
Messi bilan taqqoslashni boshlash juda oson, odamlar baribir bu haqida gapirardi. Men Lamin bo‘lishni istardim, Messi emas. Faqat o‘zim eta oladigan cho‘qqilarga yetishni xohlar edim. Shuning uchun otamdan kutushini so‘raganman», – deya ta’kidladi Yamal.

Fikrlar