Yamal uchun 400 million evro! “Barsa” taklifni qabul qildimi?
“Barselona”ning eng yorqin yulduziga aylangan Lamin Yamal yana ommaviy axborot vositalari xodimlari diqqatini o‘ziga qarata boshladi. Bu Saudiya Arabistoni klubi 18 yoshli futbolchi uchun kataloniyaliklarga “dahshatli” summa taklif qilganidan keyin yanada kuchaydi.
Ispaniyadagi nufuzli manba – fichajes.net saytining yozishicha, “Al-Hilol” jahon futbolining yangi yulduzini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun “Barselona”ga 400 million evro miqdorida badal puli taklif qilgan.
“Barsa” yozda Lamin 18 yoshni qarshi bilan unga 2031 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma va har mavsum uchun 21 million evroga yaqin maosh taklif qilgan edi. Lamin bu shart-sharoitlarga rozilik berib, bitimni imzolagan.
Saudiyaliklar Laminni olish uchun uning transfer bozordagi narxidan bir necha baravar qimmat summa to‘lashga rozi. Manbaga ko‘ra, 18 yoshli futbolchiga etti yillik shartnoma berilishi ham rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Agar “Barsa” va Yamal bu taklifga ko‘nadigan bo‘lsa, uning Saudiya Arabistonida oladigan maoshi hozirgisidan bir necha baravar ortiq bo‘lishi ham tabiiy, albatta.
Manbaning qayd etishicha, kataloniyaliklar asosiy yulduzini saqlab qolish istagini bildirgan bo‘lsa-da, boshqaruv kengashi a’zolari orasida “Al-Hilol”ning taklifini qabul qilish zarurligini ta’kidlayotganlar ham bor.

Fikrlar