
Yaman terma jamoasi ustozi yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Uning dastlabki qismida mehmonlar ustozi Sami Hasan Al Nash ishtirok etdi va uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugungi o‘yinda tajriba borasidagi farq sezilib qoldi. O‘zbekistonlik futbolchilar bizning yigitlarga nisbatan tajribali ekanligi o‘z so‘zini aytdi. Saudiya Arabistoni va Singapurga qarshi o‘yindagidek harakat qila olmadik.
Falastinga qarshi o‘yindagi O‘zbekiston boshqa jamoa edi Bugun ular o‘z maydonida harakat qilganliklari bois o‘zgacha ruhda maydonga tushishdi va bu yakunda natijaga ham ta’sir ko‘rsatdi
Oldingi ikki uchrashuvdagi o‘yinmizni ko‘rsata olmadik. Hujumlar ham qila olmadik. Yana bir sabab bugun bizga asosiy hujumchimiz yo‘q ekanligidir. Qolaversa, Saudiya Arabistoniga qarshi bellashuvni o‘z maydonimizda o‘tkazgan edik. To‘g‘ri, o‘sha bahs neytral zonada o‘tdi, ammo shunga qaramasdan ko‘plab muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlab turishgan edi.
To‘p nazorati borasida oqsadik. Bizning ko‘plab futbolchilarimiz yosh ekanligi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi", - dedi Yaman ustozi.
Fikrlar
Bundan tashqari yashirin qurollarimizni ham!