
Yana 2 ta terma jamoa muddatidan avval Evro-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan uchrashvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha bo‘lib o‘tgan bahslardan so‘ng Polsha va Rossiya terma jamoalari ham muddatidan avval qit’a chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Polyaklar 8-turda Shimoliy Makedoniyani 2:0 hisobida engishgan bo‘lishsa, ruslar safarda Kipr darvozasiga javobsiz 5 ta gol urishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Belgiya va Italiya terma jamoalari ham muddatidan avval Evro-2020 yo‘llanmasini naqd qilishgan edi.
Fikrlar