Yana bir mashhur futbolchi MYuda unga nisbatan qilingan nohaqliklarni aytib yig‘lab yubordi

  • 18 dekabr, 2022, 11:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik yarim himoyachi Ander Errera “Manchester Yunayted”ning shartnomani uzaytirmaslik haqidagi qarorini eslab, yig‘lab yubordi.

Tecno

“Menga “Manchester Yunayted” ketish qiyin bo‘ldi, chunki bundan 5-6 oy oldin ular menga yangi shartnoma taklif qilishadi, deb o‘ylagandim.

Hozir noxushliklar haqida gapirish uchun yaxshi payt emas, lekin klubdagi 3 yillik faoliyatimdan so‘ng men biroz ko‘proq narsani kutgandim. Muxlislar tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildim, ammo klub mavsum yakunlangach boshqa o‘yinchilar kabi menga yangi shartnoma taklif qilmadi. Rostini aytsam, bu meni xafa qildi.

Men shartnomaga loyiqman deb o‘ylagandim, klub esa boshqacha fikrda bo‘ldi. Shundan keyin vaziyat o‘zgardi, chunki men bu qarordan norozi edim.

Shartnomaning tugashiga bir yil qolganida men bilan bog‘lanishdi, ammo vaziyat menga noto‘g‘ri tuyuldi. Men shartnomamni oxirigacha hurmat qildim va klub uchun oxirigacha kurashdim, lekin menejerlar menga noto‘g‘ri vaqtda murojaat qilishdi”, - dedi Errera.

Ma’lumot uchun, Ander Errera 2014-2019 yillarda “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan va keyin PSJga ko‘chib o‘tgan. U ayni damda ijara asosida “Atletik” Bilbao safida to‘p surmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Krishtianu Ronaldu ham "Manchester Yunayted"dagi "ishlar"ni tanqid qilib chiqqan va so‘ngra klub u bilan shartnomani bekor qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!