Yana bir superklub Dibaladan yuz o‘girdi

  • 11.07.2022 21:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” bilan xayrlashgan argentinalik hujumchi Paulo Dibala o‘ziga hali ham yangi ish joyi topgani yo‘q.

Unga qiziqish bildirgan jamoalar keyinchalik birin-ketin bu transferdan yuz o‘girmoqda.

Yaqinda Dibala “Milan”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar tarqatilgan edi. Biroq, milanliklar bu futbolchini kutmayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, “Inter” ham Romelu Lukakuni qaytarganidan keyin argentinalik to‘purarni olishga shoshilmayapti.

Dibalaga jiddiy qiziqish bildirayotgan jamoalar orasida “Manchester Siti” va “Roma” borligini ta’kidlash lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!