
Yana bir yosh dzyudochimiz jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Bolgariyada o‘tayotgan jahon chempionatida yana bir medalga sazovor bo‘ldi.
Bugungi bahslarda Dilshod Karimov bronza medali bilan taqdirlandi.
-60 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz yarim finalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tdi. Biroq final ostonasida imkoniyatni boy bergach uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda tatamiga ko‘tarildi.
Ahamiyatlisi, Karimov bronza medali uchun kurashda boshqa bir hamyurtimiz Muhammadkarim Nosirovdan ustun keldi.
Fikrlar