Yana o‘sha gapmi?! Xavi "Barselona"ning muvaffaqiyatsiz natijalariga izoh berdi

  • 17 dekabr, 2023, 03:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Valensiya" bilan o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

La Liganing 17-turidan o‘rin olgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

“Futbolda ba’zan raqibni juda ham ko‘p kechirib yuborasan. Biz juda yaxshi o‘ynadik va g‘alaba qozonish uchun hamma narsani qildik. Etarlicha imkoniyatlar yaratdik. O‘ylaymanki, biz ikki ochko yo‘qotdik va bir ochko oldik, bu esa qoniqarsiz.

Agar bir narsaga e’tibor qaratishimiz kerak bo‘lsa, u samaradorlikdir. Bunday vaziyatlarda raqiblarimizni kechirmasligimiz va o‘zimizdan ko‘proq narsani talab qilishimiz kerak. 

Balde bugun yaxshi o‘ynadi. Jamoa yaxshi futbol ko‘rsatdi. Ammo raqibga bosim o‘tkazmasangiz, o‘zingiz kutmagan hodisalar sodir bo‘ladi", - dedi Kataloniya klubi ustozi. 




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!