Yangi “Barsa”da kimlar to‘p suradi?

  • 19 avgust, 2020, 12:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Josep Bartomeu yangilanayotgan “Barselona”da kimlar qolishi va qaysi futbolchilar sotilmasligi haqida ma’lumot berdi.

Klub rahbariyati mavsumni ijara asosida boshqa jamoalarda yakunlagan Fransishku Trinkau va Pedri sotilmasligini ma’lum qildi.

- Ular yosh va o‘sishda davom etadi. Har ikki futbolchi bo‘yicha olganimizdan ikki karra ko‘p mablag‘ taklif qilingan chorlovlar bor. Lekin ular o‘zimizda qoladi, - dedi Bartomeu.

Shuningdek, Bartomeu yangilanish jarayoni ayrim futbolchilarga ta’sir qilmasligini ham bildirdi.

- Messi tarixdagi eng zo‘r o‘yinchi. U bilan birga sotilmaydigan futbolchilar ham bor. Xususan, yangi mavsumda ter Shtegen, Langle, de Yong, Semedu, Dembele, Grizmanndan umidimiz katta. Ular “Barselona”da uzoq yillar qolishga tayyor. Shuningdek, yangi murabbiy Filippe Koutino ham kerak desa, braziliyalik yarim himoyachini olib qolamiz, - dedi Bartomeu.

Avvalroq, Ronald Kuman Kataloniya klubida boshqaruvni qo‘liga olishi bilan asosiy tarkibning qator o‘yinchilaridan voz kechishini bildirgan edi.

“Barselona”: Kuman besh futbolchini ketkazadi. Navbatda yana uchtasi bor

Bartomeu Messiga oid muhim xabarni e’lon qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!