Yangi chorlov! Shomurodov va Ronalduning yo‘llari kesishishi mumkin

  • 21 iyun, 2022, 17:31
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar oynasi bizga juda ham qiziqarli hodisalarni taqdim etishi kutilmoqda. O‘tgan hafta bir qator yulduz futbolchilar atrofida turli xabarlar paydo bo‘la boshladi. Ronaldu, Grizmann, Marselo, Suares kabi yulduzlar shular jumlasidandir. Keling, ular faoliyatini qaerda davom ettirishi mumkinligiga to‘xtalib o‘tamiz. 

Krishtianu Ronaldu: "Manchester Yunayted" – "Roma"

17 iyun kuni Italiyaning "La Repubblica" portali portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Italiyaning "Roma" klubida faoliyatini davom ettirishi mumkinligi haqida xabar e’lon qildi. Manbaning ma’lum qilishicha, Ronaldu Erik ten Xag singdirmoqchi bo‘lgan o‘yin uslubiga to‘g‘ri kelmayapti. 

Krishtianuning "Roma"ga o‘tishiga asosiy sabab, u 2010-2013 yillar oralig‘ida Joze Mourino bilan "Real"da birga ishalgan. Biroq ushbu transfer amalga oshishiga 3 narsa to‘sqinlik qilishi mumkin. 

Birinchidan, Ronaldu MYu kelasi mavsum EChLda ishtirok eta olmasa ham, klubni tark etmasligini aytgan. 

Ikkinchidan, ten Xagning o‘zi aytgan gaplar Ronaldu borasidagi shubhalarni inkor etadi. U taktik sxemalardan qat’i nazar, dunyoning eng yaxshi futbolchisi bilan birga ishlashni istayotgani haqida gapirgan. 

Uchinchidan, "Roma" ham xuddi "qizil iblislar" kabi kelasi mavsum Uefa Chempionlar ligasi finalida ishtirok etmaydi. Agar Ronaldu "Yunayted"ni tark etadigan bo‘lsa, EChLda o‘ynaydigan biror jamoa variantini ko‘rib chiqsa kerak. Aslida, portugaliyalik hujumchining Rim klubiga o‘tishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, ammo ushbu transferni ko‘rish anchagina qiziq bo‘lardi. 

krishtianu-ronaldu-ne-vhodit-v-plany-erika-ten-haga-na-sleduyuschij-sezon-v-myu_16500832512083070898

Luis Suares: erkin agent – "River Pleyt"

Urugvaylik forvard Luis Suares Madridning "Atletiko" klubini shartnomasi yakuniga etganidan so‘ng tark etyapti. "Matraschilar" safida Suares jami 83 ta uchrashuvda maydonga tushib, 34 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylangan. "Atletiko" safida u bir marotaba La Liga chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Suaresning Madrid klubidagi faoliyati "Barselona"dagidek yorqin kechmagan bo‘lsa-da, u mazkur klubda o‘z o‘rniga ega edi. Uning ketishi "matraschilar" hujum chizig‘ida muammolar keltirib chiqarishi aniq. Shunday bo‘lsa-da, bu jamoa hech qachon "to‘qqizlik" forvardlar borasida muammoga duch kelmagan. Katta ehtimol ular Luisga o‘rinbosar topadi. Biroq bizni qiziqtirayotgan bir savol bor: Suares faoliyatini qaerda davom ettiradi?

"Ol Observador"ning xabariga ko‘ra, futbolchi argentinaning "River Pleyt" klubi bilan shartnoma imzolagan. Agar Evropa klublaridan taklif bo‘lmasa, u buenos-ayresliklar safida sharaf bilan o‘ynasa ham bo‘ladi. Bu Luis uchun katta yo‘qotish emas. Sababi, ayni vaqtda u 35 yoshda. Shunday bo‘lsa-da, Suaresning muxlislari uni yana kamida 1 mavsum Evropa maydonlarida to‘p tepishini istashsa kerak. 

luis

Antuan Grizmann: "Barselona"/"Atletiko" – "Atletik"

Grizmanning 2019 yilda "Barselona"ga o‘tishini muvaffaqiyatsiz transfer deb, bemalol aytsak bo‘ladi. Kataloniya klubida o‘tkazgan ikki mavsumi davomida Antuan etakchi bo‘lish tugul, bu nomga yaqin ham kela olmadi. Shu sababli, u birinchi imkon bo‘lishi bilanoq 2021 yilda "Atletiko"ga qaytdi. Biroq to‘liq emas - ijara shartnoma asosida. 

Qaytish ham u qadar muvaffaqiyatli bo‘lmadi. 2021/2022 yili Diego Simeone barcha turnirlar doirasida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol hamda 6 ta samarali uzatma muallifiga aylangan. 

Bunday raqamlar Jahon chempioni uchun qoniqarsiz natija. Shu tufayli ham OAVda uning kelajagi borasidagi xabarlar ko‘payib bormoqda. Grizmann faoliyatini "Atletik"da davom ettirishi haqida ham ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Uning hozirgi holatidan kelib chiqsak, mazkur holat u qadar ham hayratlanarli emas. 

Mish-mishlardan qat’i nazar, Antuanning "Atletiko"da qolishi va yana 1 yil ijara asosida sevimli klubi sharafini himoya qilishi ehtimoli katta. 

grizmann

Marselo: erkin agent - Milan. 

Braziliyalik qanot himoyachisi allaqachon "Real" bilan xayrlashib ulgurdi. 34 yoshda bo‘lishiga qaramay, unga Evropaning kuchli jamoalaridan takliflar mavjud. 

34 yoshli futbolchiga "Milan" da’vogarlik qilmoqda. Bu transfer mantiqqa to‘g‘ri keladi va ehtimoldan holi emas. Har holda, "rossonerilar" hamon yuqori saviyada to‘p tepib bera oladigan qariyalarni tarkibga doimiy ravishda chorlaydi. Bu klubda so‘nggi yillarda yoshlar va qariyalar uyg‘unligi sodir bo‘lmoqda. Tarkibda 2-3 ta tajribali o‘yinchilar va qolgani yoshlar. Bu ish berayotgan sxema. Buni o‘tgan mavsum ular A Seriyada chempion bo‘lgani ham isbotlab turibdi. Shu tufayli kelgusi mavsum Marseloni "Milan"da ko‘rsam, hayratlanmagan bo‘lardim.  

marselo

Yuqoridagi yulduzlarning yoshi o‘tib, faoliyatida biroz pasayish bo‘lgan bo‘lsa-da, ularga hamon da’vogarlik qilayotgan klublar mavjud. Biz ular eng yuqori formada qanday to‘p tepganini yaxshi bilamiz. O‘chgan olov uchqunlari bir kun kelib yana alangaga aylanishi mumkin. Buni unutmang! 


                                                                     
                                                                                  Xudayqulov Karim maqolasi                                                    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
salahidin
21/06/2022 19:03
Жонгаям тегди санлани фолбинлигинг