Yangi xalqaro sport assotsiatsiyasi tashkil qilindi. Asoschisi esa O‘zbekiston fuqarosi...

  • 12 sentabr, 2020, 11:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik Faxriddin Usmonov tomonidan xalqaro sport tashkilotiga asos solindi. Ya’ni, WORLD USMONOV.S COMBAT SYSTEMS ASSOCIATION (WUKSA) ko‘rinishidagi yakkakurash assotsiatsiyasi o‘z faoliyatini yurita boshladi.

Tecno

Mazkur tashkilot 2019 yil 18 noyabrda Xalqaro sharq yakkakurashlar assotsiatsiyasi tomonidan tan olingan. Joriy yil fevral oyida qolgan hujjat ishlari yakunlanib, rasman o‘z faoliyatini boshladi. Hozirda ushbu assotsiatsiya tarkibiga 15 ta davlat a’zo bo‘lgan va bu borada yana salmoqli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, combat usmonov yo‘nalishini yurtimiz hududlarida rivojlantirish borasida ham rejalar amalga oshirilmoqda.

faxri8 sentyabr kuni aynan ushbu yo‘nalish borasida va tashkilot faoliyatini mukammal holatga keltirish bo‘yicha ta’sischilarning onlayn tarzdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot asoschisi va prezidenti Grand-master 10-DAN qora belbog‘ sohibi Faxriddin Yuldashevich Usmonov kelajakdagi rejalar bilan tanishtirib, faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

Shuningdek, tashkilotning vitse-prezidentlari ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, mashhur MMA jangchisi, Buxoroda tashkil qilingan "Amir Temur" klubi asoschisi Muzaffar Rajabov va uzoq yillardan buyon O‘zbekiston muaytay federatsiyasida faoliyat yuritib kelayotgan Zamirbek Kasimbekov ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlandilar.

Bez nazvaniya (56)

Ma’lumot uchun, WUKSA tarkibida o‘zining 11 ta yo‘nalishi bo‘lib, aynan ushbu turlar bo‘yicha muntazam turnirlar o‘tkazib borilishi ko‘zda tutilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!