
Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston yuqoriladi! (foto)
FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Braziliya 1832,69 ochko bilan birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. 2018 yildan beri peshqadamlik qilib kelayotgan 1827 ball to‘plagan holda, ikkinchi pog‘onani band etib turibdi. Kuchli uchlikka 1789 ochko bilan Frantsiya yakun yasagan.
Biz uchun ahamiyatlisi, "Navruz Cup" g‘olibiga aylangan O‘zbekiston MTJ 2 pog‘ona yuqoriladi. Srechko Katanets shogirdlari Uganda va Beninni ortda qoldirib, 83-o‘ringa ko‘tarilgan. Vakillarimiz hamon Osiyoning 11-jamoasi bo‘lib turibdi.
Fikrlar