Yangning "Inter"dagi ishlari besh, Sanchesniki esa...

  • 29 may, 2020, 21:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" klubi sport direktori Pero Auzilio himoyachi Eshli Yang va hujumchi Aleksis Sanchesning jamoadagi taqdiriga oydinlik kiritdi.

Tecno

“Shuni aytishim mumkinki, biz Yang bilan shartnomani uzaytirish huquqidan foydalandik. Aleksis haqida gapiradigan bo‘lsam, uni ham xuddi boshqalar singari tarkibda saqlab qolmoqchimiz. U jarohat olgunicha o‘zini yaxshi ko‘rsatdi, xuddi “Udineze” va “Arsenal”dagi o‘yinlarini namoyish qildi. Uning omadi kelmadi, ammo karantindagi tanaffus uning uchun foydali bo‘ldi deb o‘ylayman”, - deydi Auzilio.

34 yoshli Yang “Inter” safiga yanvarda 1,5 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

31 yoshli Sanches esa “neradzurrilar” safida mavsum boshidan buyon ijarada to‘p surib kelmoqda. U 16 ta o‘yinda 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!