
Yap Stam faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
Ayni damda murabbiylik qilayotgan yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri Yap Stam faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 47 yoshli gollandiyalik mutaxassisga MLSda ishtirok etuvchi "Tsintsinnati" klubi jiddiq qiziqish bildirmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Stam bungacha "Reding", "Zvolle" va "Feyenoord" klublarini boshqargan.
Fikrlar