
Yaponiya klubi 53 yoshli hujumchi bilan shartnomani uzaytirdi
Yaponiyaning “Yokogama” klubi 53 yoshli forvard Kazuyoshi Miura bilan shartnomani 2021 yilning oxirigacha uzaytirdi. E’tiborlisi, bu Miura uchun professional faoliyatidagi 36-mavsum bo‘ladi.
“Mening futbolga bo‘lgan ishtiyoqim davom etmoqda. Men doimiy ravishda mashq qilaman va o‘z oldimga yangi maqsadlar qo‘yaman. Men imkon qadar ko‘proq o‘yin o‘tkazishni va jamoamning g‘alabalarga erishishiga yordam berishni xohlayman”, - dedi Miura.
Miura faoliyati davomida jami 669 ta o‘yinda maydonga tushgan va 187 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar