Yaqinda "Andijon"ga qo‘shilgan Suhrob Berdiev "Surxon"ning taklifi sabab klubdan ketdi

  • 30 yanvar, 2022, 23:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi har yili qishda Farg‘onadagi an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Hokim Kubogi” musobaqasida ishtirok etyapti.

Tecno

Klub mazkur turnirda qatnashish bilan birga tarkibni kuchaytirish ishlariga ham e’tibor qaratgan. Ammo doim o‘ylaganlari amalga oshavermaydi.

Yaqinda “Andijon” safiga “Qo‘qon-1912” bilan xayrlashgan Suhrob Berdiev qo‘shilgandi. Lekin u jamoa safini tark etdi. Bu haqida “Andijon” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Berdievning ketishiga sabab unga “Surxon”dan yaxshi taklif bo‘lgani bilan izohlanmoqda. Aftidan, futbolchi faoliyatini pro ligada emas, balki yana Superligada davom ettirmoqchi, shekilli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!