
Yaxshiboev jamoasi Chempionlar ligasi pley-offini ko‘zlamoqda
Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida o‘z maydonida “Inter”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan “Sherif” bosh murabbiyi Yuriy Vernidub muvaffaqiyatsizlikka qaramay, pley-offga chiqishga umid qilayotganini bildirdi.
- Kuchli raqibga qarshi murakkab o‘yin bo‘ldi. Shogirdlarimiz munosib harakat qildi, gol urdi. Lekin xatolar ham bo‘ldi. Oldinga intilamiz. Yana ikkita o‘yin bor. Evropa Chempionlar ligasining keyingi bosqichiga chiqishni istaymiz, - dedi Yuriy Vernidub.
“Sherif” va “Inter” o‘rtasidagi bellashuvda Jasur Yaxshiboev boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib, 81 daqiqa harakat qildi.
Fikrlar