
Yaxshiboevdan gol o‘tkazgan “Real” kuchli himoyachi oladi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozgi transferlar vaqtida himoya chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi.
“Qirollik klubi” mutasaddilari ayni paytda “Inter” himoyachisi Alessandro Bastonining harakatlarini sinchliklab kuzatib bormoqda. Madridliklar mavsum oxiriga yaqin 22 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha muzokara boshlamoqchi.
Bastoni o‘tgan mavsum oxirida “Inter” bilan shartnomasini yangilab, 2024 yilning yozigacha Milanda qolishga rozi bo‘ldi.
Milanliklar ham yaxshi taklif bo‘lsa, futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
Fikrlar