
Yaxshiboevning Evropa Ligasidagi debyutini ko‘ramiz (foto)
Evropa Ligasining yangi mavsumi boshlanmoqda. Navbatdagi musobaqa 20 avgustdan boshlanadi va final uchrashuvi 2021 yilning 26 may kuni Polshaning Gdansk shahrida o‘tkaziladi.
Ushbu nufuzli musobaqada Belarus sharafini himoya qiladigan Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi saralashning birinchi bosqichidan ishtirok etadi.
Jasur Yaxshiboev to‘p surayotgan “Shaxtyor” birinchi uchrashuvini Moldovaning “Sfintul-George” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Bu raund bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi va kuchlar teng kelgan taqdirda qo‘shimcha belgilanadi. Shunda ham g‘olib aniqlanmasa, penaltilar seriyasi o‘tkaziladi. G‘oliblar ikkinchi bosqichga yo‘llanma oladi.
Birinchi saralash bosqichi uchrashuvlari 27 avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar