
Yaya Ture: Irqchilik tufayli o‘g‘lim futbol o‘ynamaydi
"Barselona" va "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi va hozirda Xitoyning "Tsindao Xaynyu" klubida faoliyatini davom ettirayotgan Yaya Ture irqchilik borasida gapirdi.
"Irqchilik doim menga og‘riq keltiradi. Mening o‘g‘lim futbol o‘ynagisi keladi va kelajakda futbolchini bo‘lishni istaydi, ammo men unga: Yo‘q sen bunday qila olmaysan, deyman.
Men buni qilishim kerak. O‘g‘limga futbol o‘ynashni taqiqlayman. Aynan mana shunday muammolar tufayli," - dedi Ture.
Fikrlar