
Yaya Ture murabbiylik faoliyatini qaerda boshlashi ma’lum bo‘ldi
Afrikalik mashhur futbol yulduzi Yaya Ture o‘zining murabbiylik faoliyatini qaerda boshlashi ma’lum bo‘ldi.
"Profutbol" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 37 yoshli Ture Donetskning "Olimpik" klubi murabbiylar shtabiga kiradi.
Bundan avvalroq, "Barselona" va "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Rossiyaning "Sochi" klubida selektsioner murabbiy sifatida ish boshlashi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Yaya Turening so‘nggi ish joyi "Tsindao Xaynyu" klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar