Yaypandagi “O‘zbekiston” o‘yingohi FIFA standartlariga mos arenaga aylanmoqda. Stadion sig‘imi yana 5 ming o‘ringa ko‘paytiriladi (Foto)

  • 27 yanvar, 2021, 22:30
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2021 yilgi mavsumda ilk bor O‘zbekiston chempionati Superligasida ishtirok etadigan “Turon” futbol klubining uy o‘yingohi, FIFA standartlariga mos arenaga aylanmoqda.

Tecno

photo_2021-01-27_19-11-58

PFL bayrog‘i ostida o‘tkaziladigan Superliga uchrashuvlari bo‘lib o‘tadigan o‘yingohlar uchun belgilangan talablarga muvofiq olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari yangi mavsum boshlanishiga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2021-01-27_19-12-08

“Turon” klubi rahbari Abduvahob Ahmadaliev viloyat hokimini o‘yingohda olib borilayotgan ishlar, shuningdek, klub qoshida tashkil etilayotgan akademiya hamda yangi qad rostlayotgan jamoa qarorgohining qurilish jarayon bilan tanishtirdi.

Rejaga muvofiq, o‘yingohda 4x8 m o‘lchamda ulkan “UZLED” elektron monitori hamda yorug‘lik darajasi 2000 lyuks bo‘lgan “Philips” svetodiod yoritish tizimi o‘rnatish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

photo_2021-01-27_19-17-44

Viloyat hokimi o‘yingohda qo‘shimcha 5000 o‘rinli tribuna barpo etish bo‘yicha belgilangan loyihani amalga oshirish uchun mablag‘ ajratib berilishini ma’lum qildi va qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

photo_2021-01-27_19-12-08 (2)

Xayrullo Bozorov, jamoaning 2021 yilgi mavsumda Superligada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonch bildirdi.

photo_2021-01-27_19-12-04

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
solijon bobokulov
27/01/2021 23:58
zo'r!