
Yiliga 500 million evro! Messi rad qilib bo‘lmas taklif oldi
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi PSJ bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Lionel Messini transfer qilish fikridan qaytgani yo‘q.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, saudiyaliklar argentinalik yulduzga har mavsum uchun 500 million evrodan maosh to‘lashga va’da bermoqda.
Avvalroq, Messi “Al-Hilol”ning 400 million evrolik maosh ko‘rsatilgan taklifini qabul qilmagan edi.
Leoning o‘zi faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q. Aslida u Kataloniyaga qaytmoqchi. “Barselona” hali bu transferga moliyaviy echim topganicha yo‘q.
Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga Messining rafiqasi Antonella yo‘l qo‘ymayapti. U farzandlarining Evropada yashashi va ta’lim olishini istayapti.
Fikrlar