Yilning eng kuchli top-10 futbolchilari aniqlandi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski FIFA tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada 52 ochko to‘plab, The Best sovrinini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu nominatsiyada "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu 38 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, "Barselona" futbolchisi Lionel Messi 35 ochko jamg‘ardi va uchinchi pog‘onadan joy oldi.
Quyida, so‘rovnomaning top-10 ro‘yxati bilan tanishing:
1. Robert Levandovski ("Bavariya") – 52 ochko;
2. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") – 38;
3. Lionel Messi ("Barselona") – 35;
4. Sadio Mane ("Liverpul") – 29;
5. Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti") – 26;
6. Muhammad Saloh ("Liverpul") – 25;
7. Kilian Mbappe (PSJ) – 19;
8. Tiago Alkantara ("Liverpul") – 17;
9. Neymar (PSJ) – 16;
10. Virjil van Deyk ("Liverpul") – 13.

Fikrlar