Yodgoroy Mirzaeva: Vaznimda kimnidir menga muammo tug‘diradigan bokschi deb ko‘rsata olmayman

  • 5 noyabr, 2020, 11:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

"Universal" sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

-57 kg vazn toifasida Samarqand viloyati vakili, Olimpiada ishtirokchisi Yo.Mirzaeva kecha navbatdagi jangini qashqadaryolik Sitora Shagdarovaga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozondi. Jangdan so‘ng, Mirzaeva O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Chempionatga 3 bosqichda tayyorgarlik ko‘rdik. Karantin bo‘lishiga qaramasdan, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdi. O‘zbekiston chempionatidan so‘ng, Tokio Olimpiadasi litsenzion turniriga tayyorgarlik ko‘raman va yo‘llanmani qo‘lga kiritishga harakat qilaman. Chempion bo‘laman, deb ishonch bilan ayta olaman. Hozircha vaznimda kimnidir menga muammo tug‘diradigan bokschi, deb ko‘rsata olmayman. Faqatgina finalda menga qarshi jang olib boradigan raqibimni aytishim mumkin. Ammo oldindan finalda kim bilan to‘qnash kelishimni bilmayman", - dedi Mirzaeva.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!