Yosh bokschilarimiz Belarusda zafar quchdi

  • 09.09.2019 14:33
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Belarusning Minsk shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida V.V. Botvinnik xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir yakunlandi. Unda jahonning 10 ga yaqin mamlakatidan kelgan charm qo‘lqop ustalari raqobatlashdi.

Musobaqada vakillarimizdan Asrorbek Shahobiddinov, Aydos Tagaboev va Jahongir Zokirov o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag‘lub etib, yakuda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Finalgacha muvaffaqiyatli ishtirok etgan, ammo jarohat sabab hal qiluvchi bahsda ringga ko‘tarila olmagan Azizbek Tojiev va Login Petrov kumush medal bilan taqdirlandi. Vazni 46 kilogrammgacha bo‘lgan Iqbol Qudratov esa terma jamoamizga uchinchi kumush medalni keltirdi. Shuningdek, Aloxon Abdullaev esa bronza medaliga ega chiqdi.

Qayd etish lozimki, ushbu turnir oktyabr oyida BAAning Fujayra shahrida tashkil etiladigan Osiyo chempionati uchun tayyorgarlik vazifasini bajardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!