
Yosh bokschilarimiz Qozog‘istondagi musobaqada final chiptasi uchun ringga ko‘tariladilar
Qozog‘istonning Chimkent shahrida boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari sovrindori Muxtarxan Dildabekov sovrini uchun 2001 yil va undan keyin tavallud topgan bokschilar o‘rtasida musobaqa davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bahslarda Qozog‘iston, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistondan yosh charm qo‘lqop ustalari ishtirok etishmoqda. Bugun turnir doirasida yarim final janglari o‘tkaziladi.
Unda 8 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi:
-49 kg: Avazjon Yuldashev - Bekzad Amangeldinov (Qozog‘iston)
-52 kg: Mirzabek Mirzahalilov - Beybaris Pernebek (Qozog‘iston)
-60 kg: Rahmatullo Toshpo‘latov - Jansurik Duysenbek (Qozog‘iston)
-64 kg: Javlonbek Yuldashev - Dias Moljigitov (Qozog‘iston)
-75 kg: Komiljon Yusupov - Aydar Azamatuulu (Qirg‘iziston)
-81 kg: Shohjahon Abdullaev - Qural Bag‘daulet (Qozog‘iston)
-91 kg: Muhammadqodir Ne’matov - Nurmagamed Yusupov (Qozog‘iston)
+91 kg: Shohruh Almatov - Amantay Sabirgali (Qozog‘iston).
Fikrlar