
Yosh karatechilar sariq belbog‘ uchun imtihon topshirdi
Kuni kecha, O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi tomonidan o‘ziga xos imtihonlar o‘tkazildi. Ya’ni, yosh karate ustalari yapon tilidan olinganda 8-KYu, sariq belbog‘ uchun sinov imtihonlarini topshirdilar. Ushbu sinov jarayonlariga bevosita federatsiya rahbari Shuhratjon Kushmuratov boshchilik qildi.
Yosh yakkakrushachilar, kata, jismoniy mashqlar va boshqa karate elementlaridagi imkoniyatlariga qarab baholandi. Sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, yoshlarimiz ushbu sport turining sir-asrorlarini mukammal o‘rganmoqda va navbatdagi belbog‘ uchun dadil odimlashmoqda. Albatta, kelajakda ulardan xalqaro arenalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladigan sportchilar etishib chiqishiga ishonchimiz komil.
O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi tomonidan brifing o‘tkazildi
Fikrlar