
Yosh karatechilarimiz Konyada vatanimiz sharafini himoya qiladi
Joriy yilning 26-30 oktyabr kunlari Turkiya davlatining Konya shahrida karate sport turining WKF yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida U21 Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning 105 ta mamlakatidan sportchilar ishtirok etishi kutilayotgan mazkur Jahon chempiontida milliy terma jamoamiz ham munosib ishtirok etish uchun to‘liq tarkib bilan Konya shahrida bo‘lib turibdi.
Demak, yurtimiz sharafini himoya qiladigan terma jamoa tarkibi bilan tanishamiz.
Sportchilar
1. Xumoyunmirzo Halimov
2. Jahongir Abdurazzoqov
3. Ixtiyorjon Abdulatipov
4. Islombek Ismatullaev
5. Zufarbek Jo‘raev
6. Azimbek Halilov
7. Muhammadabdulaziz Xo‘jaqulov
8. Asadbek Qurbonboev
9. Samandar Mirhamidov
10. Abdulvahob Rashidov
11. Abdulaziz Rashidov
12. Islomjon Sattorov
13. Muhammadali Saymatov
14. Mehriddin To‘raxonov
15. Javlonbek Tursunov
16. Gulshan Alimardonova
17. Zulayxo Boboeva
18. Bonu Egamberdieva
19.Munisa Esonova
20. Muxlisa Rustamjonova.
Murabbiylar: Xo‘jamqul Xo‘jaqulov (bosh murabbiy), Dilshod Yusupov, Oybek Obyakulov, Hamdamjon Shodibekov, Doniyor Xolmatov.
Shuningdek, hamyurtlarimizdan Azizbek Bo‘riev hamda Bobur Davlatovlar ushbu jahon chempionatida hakamlik vazifasida ishlaydi.
Jahon chempionati doirasida 25 oktyabr kuni seminar va xalqaro toifadagi murabbiylik sertifekatiga ega bo‘lish uchun imtihonlar bo‘lib o‘tgan. Va ushbu imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan Hamdamjon Shodibekov xalqaro toifadagi "kata" va "kumite" bo‘yicha xalqaro toifadagi murabbiylik ruxsatnomasiga ega bo‘ldi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, bellashuvlar 26 oktyabrdan boshlanadi. Terma jamoamiz sportchilariga omad tilaymiz!
Fikrlar