Yosh para pauerliftingchilarimiz dunyoda tengsiz!

CHERY AUTO

Ma’lum qilganimizdek, kecha Dubay shahrida para pauerlifting bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Tecno

E’tiborlisi, unda ishtirok etgan 7 nafar sportchimizning barchasi sovrinli o‘rinlarni egallashdi. Jumladan, Oxunjon Musurmonkulov, Umidjon Arzimetov, Ruhshona O‘ktamova va Jasurbek Yo‘ldoshevlar oltin, Firdavs Botirov kumush, Dildora Nurilloeva hamda Umida Rajapova bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Ta’kidlash kerakki, yoshlarimiz ushbu Jahon chempionatida 7 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

G‘olib sportchilarimiz bugun kunning ikkinchi yarmida yurtimizga qaytib kelishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!