
Yosh sportchilarimiz Jahon chempionatida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi
Yosh taekvondochilarimiz jahon chempionatida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi
BAAdan xushxabar. Kadetlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Murosasiz bahslarda hamyurtlarimiz 1 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
-65 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nikita Bibikov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bibikov finalda eronlik Amir Ag‘amohammadidan ustun keldi. Shuningdek, qizlar o‘rtasida -41 kg vazn toifasida Rayhona Asanboeva yarim finalgacha etib kelib, bronza medali sohibiga aylandi.
Shu tariqa, terma jamoamizning ushbu musobaqada hozirgacha jamg‘argan medallari 2 ta oltin va 1 ta bronzani tashkil etmoqda.
Fikrlar