Yovetich nimaga umid qilayotganini aytdi
Italiyaning "Inter" jamoasi hujumchisi Stevan Yovetich faoliyatini Ispaniyaning "Sevilya" klubida davom ettirishga umid qilishini aytdi.
"Sevilya"ga o‘tishga umid qilyapman. Bu ish tezroq amalga oshishini istayman", – deydi chernogoriyalik futbolchi.
Avvalroq "Sevilya" hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Yovetich Italiya chempionatining 5 o‘yinida ishtirok etdi. U etakrlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani uchun boshqa klubga o‘tishga tayyor.

Fikrlar