
Yoxanna Konta hamyurtlarini quvontirdi
Britaniyalik Yoxanna Konta va ruminiyalik Ana Bogdan o‘rtasidagi o‘yin London shahrida o‘tayotgan Uimbldon musobaqasining markaziy uchrashuvlaridan biri bo‘ldi.
Ushbu o‘yinda Yoxanna raqibini 7:5, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davra yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa Konta "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi musobaqaning navbatdagi bosqichida chexiyalik Katerjina Sinyakovaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar