
Yozda "Bavariya"ni ikkita futbolchi tark etadi
"Bavariya" himoyachi Jerom Boateng va yarim himoyachi Xavi Martinesning xizmatlariga boshqa ehtiyoj sezmayapti va ular bilan yozda xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Sky Germany nashriga ko‘ra, Martines "Atletik"ga qaytishi, Boateng esa "Arsenal" yoki "Gamburg"da faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar "Bayer" xavbeki Kay Xaverts va "RB Leyptsig" forvardi Timo Vernerga qizishish bildirmoqda.
Fikrlar