Yozda "Real"ni naqd 13 nafar futbolchi tark etishi mumkin

  • 15 may, 2019, 19:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lum muddatli tanaffusdan so‘ng yana “Real”ga qaytgan Zinedin Zidan aftidan jamoani qaytadan tuzmoqchi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda mavsumlar oralig‘ida “qirollik klubi”ni 13 nafar futbolchi tark etishi kutilmoqda. Madridliklar safini birinchi navbatda Keylor Navas, Dani Sebalos, Garet Beyl, Markos Lorente va Serxio Regilonlarning tark etishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan.

Bundan tashqari, Xesus Valexo, Xames Rodriges, Mateo Kovachich, Teo Ernandes, Borxa Mayoral, Oskar, Raul de Tomas va Martin Edegorlarning jamoadagi taqdiri katta so‘roq ostida qolmoqda. Ular ham yo transferga qo‘yiladi, yoki ijaraga berib yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan tur “Real” La Liganing joriy mavsumini 3-o‘rinda yakunlashi ma’lum bo‘lib ulgurgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!