Yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston kubogi Namanganda qoldi

CHERY AUTO

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Namangan viloyati kengashi negizida "Navro‘z" umumxalk bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan "Yozgi biatlon" bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasi yakunlandi. Ushbu musobaqada Toshkent shaxri va viloyatlardan jami 108 nafar sportchilar ishtirok etdilar. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Namangan viloyati jamoasi, 2-o‘rinni Samarqand viloyat jamoasi va 3-o‘rinni Toshkent viloyati jamoasi egalladilar. G‘oliblarga "Vatanparvar" tashkilotining esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari topshirildi.

Tecno

Ushbu tadbirda Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi bosh murabbiyi S. V. Serebryakov, Namangan viloyati xokimi o‘rinbosari P. Matkarimov, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Namangan viloyat kengashi raisi A.Alaxodjaev, va OAV xodimlari ishtirok etdilar.

biatlonbiatlon 3biatlon 4

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!