
Yozning eng “qaynoq” transferlari
Nufuzli Transfermarkt portali joriy transferlar oynasi davomida amalga oshirilgan eng qimmat transferlarni aniqladi.
Hozircha, eng qimmat transfer egasi Duglas Luis bo‘lib turibdi. “Yuventus” 26 yoshli braziliyalik yarim himoyachi uchun “Aston Villa”ga 51,5 million evro to‘ladi.
Ikkinchi o‘rinda “Real”ning yangi o‘yinchisi Endrik qayd etilgan. Madridliklar 17 yoshli vunderkind uchun “Palmeyras””ga 47,5 million evrodan ko‘proq pul o‘tkazib bergani aytilmoqda.
Kuchli uchlikni “Vulverxempton”dan “Vest Xem”ga ko‘chib o‘tgan markaziy himoyachi Maks Kilman yakunlab berdi. Bu transfer “Vest Xem”ga 47,5 million evroga tushdi.
Evropaning aksariyat ligalarida transfer oynasi avgust oyining oxirigacha davom etadi va ungacha yana katta transferlar amalga oshirilishi kutilmoqda.
Fikrlar