“Yunayted”da 6 daqiqa o‘ynagan futbolchi yanvarda “Barselona”ga keladi

  • 1 noyabr, 2021, 10:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” pleymeykeri Donni van de Bek qishki transferlar oynasi ochilishi bilan “Barselona”ga ko‘chib o‘tishi kutilyapti. Niderlandiyalik futbolchi bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher unga imkoniyat bermayotgani uchun klubi tark etishga qaror qilgan.


“Barselona” esa anchadan beri Donni van de Bekni kuzatib bormoqda va yanvar uni ijaraga olishga harakat qiladi. Kataloniyaliklar uni keyinchalik to‘liq sotib olish huquqini ham qo‘lga kiritmoqchi.


Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Barselona” maydon markazini kuchaytiradigan va kuchli zarbaga ega o‘yinchiga ehtiyoj sezmoqda. Donni van de Bek aynan shu tipdagi futboli ekanini “Ayaks”da o‘ynab turgan kezlari ko‘p bor namoyish qilgan.


Joriy mavsumda Donni van de Bek Sulsher jamoasi safida atigi olti daqiqa o‘ynadi va bu holat niderlandiyalik charm to‘p ustasini umuman qoniqtirmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!