Yunon-rum kurashchimiz dunyoda tengsiz ekanini yana bir bor isbotladi

CHERY AUTO

Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari bo‘yicha U-20 yosh toifasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga etmoqda. Kechagi bellashuvlar ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tib, yunon-rum kurashchimiz Aytjan Xalmaxanov oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Tecno

-63 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz saralash bosqichlarida Yaponiya, neytral maqomda kurashgan Rossiya, Qozog‘iston vakillarini mag‘lub etgan edi. Final bellashuvida esa armanistonlik sportchi 12:2 hisobida taslim etildi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!