
Yunon-rum kurashi. Barcha vaznlarda O‘zbekiston chempionlari ma’lum
Poytaxtimizdagi "Universal" sport majmuasida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.
Bugun yunon-rum kurashi musobaqasiga yakun yasaldi. Chempionatning ikkinchi kuni qolgan 5 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. Kechagi bahslardan farqli ravishda bugun biroz kutilmagan natijalar kuzatildi. 67 kg vazn toifasining hal qiluvchi final uchrashuvida Mahmud Baxshilloev farg‘onalik Abror Atabaevga yutqazib qo‘ydi. 60 kg vaznda chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan bo‘lgan Ilhom Bahromov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bugungi g‘olib va sovrindorlar:
60 kg vazn toifasi
1. Feruz To‘xtaev (Buxoro)
2. Abdulaziz Tursunboev (Namangan)
3. Ilhom Bahromov (Samarqand)
3. Muhammadqodir Yusupov (Andijon)
67 kg vazn toifasi
1. Abror Atabaev (Farg‘ona)
2. Mahmud Baxshilloev (Buxoro)
3. Ilyos Abdunazarov (Toshkent viloyati)
3. Sobir Kazakbaev (Jizzax)
72 kg vazn toifasi
1. Mirzobek Rahmatov (Buxoro)
2. Bekzod Umarov (Navoiy)
3. Dilshod Madaminov (Toshkent shahri)
3. Jamshid Qo‘ziev (Toshkent viloyati)
97 kg vazn toifasi
1. Muhammadali Shamsiddinov (Buxoro)
2. Abror Nurmuhammedov (Toshkent)
3. Ergali Ayximbaev (Toshkent viloyati)
3. Botir Kandilov (Qashqadaryo)
O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar