Yurgen Klopp: Iste’fo haqidagi savollarga javob berish tajribasiga ega emasman

  • 22 aprel, 2020, 23:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Mersisayd klubidagi faoliyatining ilk davrlari va iste’fo haqida gapirdi.

«Bizga vaqt kerakligi aniq edi. Bir zumda hammasini to‘g‘rilashning iloji yo‘q edi. Men hech qachon ishdan bo‘shatilmaganman, shuning uchun iste’fo haqidagi savollarga javob berish tajribasiga ega emasman. Ammo «Liverpul»ga kelganda, endi hammasi boshqa darajada ekanligini bilardim. Natija bo‘lmasa, meni ishdan bo‘shatishardi.

Rahbariyat dastlabki 7-8 o‘yindan so‘ng ishimizni yuqori baholagani yoqimli edi. Ular meni bosh murabbiylikka olib kelib, to‘g‘ri qaror qabul qilishganini tushunishdi, bizning to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizni bilishardi. O‘sha paytdan boshlab rahbarlar mendan hisobot so‘rashmagan», – deb germaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Ma’lumot uchun, «Liverpul» hozirgacha Klopp qo‘l ostida EChL, Evropa Superkubogi va klublararo JCh g‘olibligini qo‘lga kiritdi.      

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!