Yurgen Klopp: Mening jamoam – mavsum jamoasi

  • 26 aprel, 2019, 09:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi APLning joriy 2018/19 yilgi mavsum ramziy terma jamoasini e’lon qilgan edi. "Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp esa bu borada o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, ushbu ramziy terma jamoaga mersisaydliklarning 4 nafar futbolchisi - Aleksander-Arnold, van Deyk, Robertson va Manelar kiritilgan edi.

“Ushbu ramziy terma jamoaga “Liverpul”ning yana 4, 5, 6 yoki 7 nafar futbolchisi kiritilishi mumkin edi. Bizning futbolchilarimiz har jihatdan mavsumni ajoyib o‘tkazishmoqda. Mening jamoam – mavsum jamoasi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” ayni damda APL musobaqa jadvalida peshqadam “Manchester Siti”dan bir ochko kam jamg‘argan holda 2-o‘rinni egallab turibdi. Ular shuningdek EChL yarim finalida “Barselona”ga qarshi bahs olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!