Yurist Shomurodov va “Jenoa”shartnomasining o‘ziga xos xususiyatini aytdi

  • 26 mart, 2021, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyalik taniqli sport yuristi Mixail Prokopets jurnalistlar bilan suhbatda futbolchilarning Italiya klublari bilan shartnomalari haqida gapirdi

Ma’lumki, oxirgi yarim yil ichida Rossiya chempionatida o‘ynagan uch nafar futbolchi Italiya klublariga transfer qilindi. “Lokomotiv” etakchisi Aleksey Miranchuk “Atalanta”ga, “Rostov” legioneri Eldor Shomurodov “Jenoa”ga va “Spartak” hujumchisi Aleksandr Kokorin “Fiorentina”ga o‘tdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu transferning huquqiy tomoni bilan Mixail Prokopets shug‘ullangan.

- Italiyaga qilinadigan transferlarda yuristlarning ishi ko‘p bo‘lmaydi. Chunki ular puxta o‘ylangan shartnoma ishlab chiqadi. Futbolchilar va klublar o‘rtasida professional bitim tuziladi. Hajmi kattagina bo‘ladi. Ularni o‘zgartirish imkonsiz. Shaxsiy shart va talablar haqida bir-ikki sahifa yoziladi. Oddiy tarzda futbolchi necha yil o‘ynaydi, qancha maosh oladi kabi aniq ma’lumotlar kiritali xolos, - dedi Mixail Prokopets.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodovning transferi uchun “Jenoa” rahbariyati “Rostov”ga 7,5 million evro to‘lagan va yana 1,5 million evroni bonus sifatida beradi. Hamyurtimizga genuyaliklar beradigan maosh yiliga 1,3 million evroni tashkil qiladi.  

Shomurodovdan yangilik kutamiz!

Shomurodovning transfer narxi qanchaga ko‘tarildi?

Valeriy Karpin O‘zbekiston milliy terma jamoasini bir shart bilan boshqarishi mumkin!

Premer-liga klubi legionerimizga omad tiladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!