Yurtimizda Butunjahon taekvondo kuni keng nishonlandi

  • 05.09.2022 13:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

4 sentyabr – Butunjahon taekvondo kuni Respublikamizning barcha hududlarida keng nishonlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, shu kuni poytaxtimiz, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12 ta viloyatda o‘zgacha shukuhda qarshi olindi. Ayniqsa, qadim Buxoroda tarixiy binolar oldidagi maydonda o‘tgan fleshmob hamyurtlarimiz va sayyohlarning e’tiborini tortdi. Umumiy hisobda barcha hududlarda o‘tgan tadbirda 3000 nafardan ortiq yosh taekvondochilar ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!