Yurtimizga Avstraliya, Janubiy Koreya, Yaponiya termalari tashrif buyuradi

  • 11 noyabr, 2019, 14:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

6-10 noyabr kunlari Saudiya Arabistonining Xobar shahrida U-19 Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkazildi.

Otabek G‘ulomxo‘jaev shogirdlari “F” guruhda Saudiya Arabistoni, Hindiston hamda Afg‘oniston terma jamoalari bilan kuch sinashishdi.

Vakillarimiz dastlabki bahsda ikkinchi taymda urilgan gollar evaziga Hindistonni engishdi. Afg‘onistonga qarshi uchrashuvda esa birinchi bo‘limda kiritilgan to‘plar o‘yin taqdirini hal etdi. Saralash o‘yinlari mezboni Saudiya Arabistoni bilan bellashuvda tanaffusga yaqin bir kishi kam bo‘lib qoldik. Chunki hakam futbolchimizga qizil kartochka ko‘rsatdi. Shunga qaramay yigitlar iroda ko‘rsatgan holda 88-daqiqada hisobni tenglashtirishdi. Jasurbek Jaloliddinov tomonidan urilgan gol yoshlarimizga bir ochko taqdim etdi.

Shunday qilib to‘plar farqiga ko‘ra guruhda birinchi o‘rinni egallagan Saudiya Arabistoni terma jamoasi ham qit’a birinchiligi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Vakillarimiz esa kvartetda 2-pog‘onani band etishdi.

O‘zbekiston – Hindiston 2:0
Gollar: Ulug‘bek Hoshimov 51, Muzaffar Olimjonov 65

Afg‘oniston – O‘zbekiston 0:2
Gollar: Odilbek Abdumajidov 36, Diyorbek Rahimqulov 41

Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston 1:1
Gollar: Basil Yussuf Alsayyali 45+3 – Jasur Jaloliddinov 88

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining final bosqichi kelasi yili tarixda ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Shu boisdan hamyurtlarimiz saralash natijasidan qat’i nazar final bosqichida ishtirok etishadi.

Ma’lumot o‘rnida, oktyabr oyida Tojikiston yoshlar terma jamoasi birinchi bo‘lib qit’a birinchiligi ishtirokchisiga aylangandi. Malayziya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Indoneziya guruh g‘olibi sifatida U-19 Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!