
"Yuve" forvardi Turinga qaytmoqchi emas
"Yuventus" forvardi Gonsalo Iguain Turinga qaytishni xohlamayapti deya xabar bermoqda Sky Sport Italia. Ayni damda futbolchi Argentinada bo‘lib turibdi.
Oldinroq, futbolchi onasining kasalligi bois vataniga uchib ketgan edi. Ta’kidlanishicha, Iguainning bu niyatiga onasining ahvoli, Italiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat va kelajagining noaniqligi sabab bo‘lmoqda.
Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi uchun "River Pleyt", "Los-Anjeles Gelaksi" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar