
“Yuve” va “Barsa” o‘z yulduzlarini almashtiradi
“Yuventus” va “Barselona” o‘tgan yildagi singari yana o‘zaro futbolchi almashtirmoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu galgi rokirovka ancha shov-shuvli bo‘ladi.
Italiyaning Corriere dello Sport nashri xabar berishicha, turinliklar argentinalik hujumchi Paulo Dibalani Kataloniyaga jo‘natib, o‘z tarkibiga “Barselona” hujumchisi Antuan Grizmanni qo‘shib olmoqchi.
Hozir har ikki yulduz ham o‘zidan kutilgan o‘yin va yuqori samaradorlikni ko‘rsata olmayapti. Dibala joriy mavsumda A Seriyada 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urgan bo‘lsa, Grizmann La Liganing 24 o‘yinida oltita gol urdi xolos.
Dibala va Grizmanning transfer summasi ham bir xil – 80 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikrlar